Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, tilda, kiyimda, san’atda, madaniyatda, hatto har bir harakatimizda o‘z aksini topadi. Bu – ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bebaho boylikdir.
Milliylik – inson qalbining, dilining tubida yotadigan muhabbat, tuyg‘u va faxr hissidir. U inson o‘zini muayyan bir millatga mansub deb bilishi, uning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlari bilan yashashi orqali namoyon bo‘ladi.
Milliylik yuragimizda, kundalik hayotimizda, bizning har bir qadamimizda yashaydi.Milliy qadriyatlar – bizning o‘zligimiz!
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda namunali ish olib bormoqda.
Milliyligimizni asrab-avaylash nafaqat o‘z tariximiz va madaniyatimizni saqlash, balki ularni zamonaviy dunyoga mos ravishda rivojlantirishni ham anglatadi.






