Respublika ishchi guruhi Shofirkon tumanidagi yoshlar yetakchilari va iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi

Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro’yobga chiqarish va salohiyatini rivojlantirish — Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
Shofirkon tumanida Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida AKM mutaxassislari, yoshlar yetakchilari, iqtidorli va faol yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarning ta’lim, innovatsiya, tadbirkorlik, IT va startap yo’nalishidagi tashabbuslari tinglanib, ularni qo’llab-quvvatlash,mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Yangi g’oya va loyihalarni amalga oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, ularni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *