Milliylik — bu o‘tmish merosini qadrlash, bugungi kunni obod etish va kelajak avlod uchun boy ma’naviy meros qoldirish yo‘lidagi muhim qadriyatdir.
Milliylik — bu xalqning tili, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va madaniyatiga hurmat bilan qarash hamda ularni asrab-avaylashdir. Har bir inson o’z milliyligini qadrlashi, ajdodlardan meros bo’lib qolgan boy ma’naviy merosni kelajak avlodlarga yetkazishga intilishi kerak.
Milliy qadriyatlar insonni vatanparvarlik, mehr-oqibat, kattalarni hurmat qilish va kichiklarga g’amxo’rlik ko’rsatish ruhida tarbiyalaydi
Milliylikning eng muhim tayanchlaridan biri — ona tilidir. Til xalqning tarixi, tafakkuri va ma’naviyatini avloddan avlodga yetkazadigan bebaho boylikdir.
Juma kuni “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan AKM mutaxassislari ham o’z ish joylariga milliy liboslarda ish olib bormoqdalar.





