Ijod insonning eng nozik tuyg’ulari, eng go’zal qadriyatlari, hayotdagi olgan falsafasi haqida so’zlovchi muhim manbadir. Aynan shu manba qalbimizda bor ekan, insoniyat qalbi hamisha quyoshdek porlab turaveradi.
Ana shunday ijod ahlidan biri shoir Omon Abdulladir. U she’riyat maydonida o’z qalami bilan barchaga birdek tanilgan ijodkor sanaladi. Eng muhim jihati shundaki, shoir she’rlarining samimiyligi, hayotiyligi va chuqur falsafiy mushohadalari bilan ko’plab kitobxonlarning qalbidan joy olgan.
