Asrga teng yoshing muborak,
Yuzga kirgan yoshing muborak,
Sen quchgan quyoshing muborak,
Shofirkonim qutlayman seni!
G.Sharopova
Joriy yilning 13 avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda shofirkonlik shoira, E.Vohidov nomidagi O‘ZBEGIM xalqaro ijodkorlar ittifoqi a’zosi, Gulxumor Sharopovaning “Otam, onam jannatim” hamda “Baxt qasri” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shoira G.Sharopova “Otam, onam jannatim”, “Baxt qasri” nomli kitoblarini chop etishda yaqindan yordam bergan barcha ustozlariga va shaxsan A.Temirovga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston”, Shofirkonning 100 yilligiga bag‘ishlab yozgan “To‘yga keling, yurtboshim!” nomli she’rlarini o‘qib berdi.
Tadbirda shoira “Otam, onam jannatim” , “Baxt qasri” kitoblarini AKMga sovg‘a qildi.










