“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi
“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Inson huquqlari – jahon hamjamiyatining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

Joriy yilning 14 avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Xuseynova Abira Amanovna tomonidan “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ijtimoiy masalalar va huquqiy manfaatlariga daxldor murojaatlari tinglandi.
Jumladan, ish bilan ta’minlash va daromad manbalarini yaratish, tibbiy xizmatlardan foydalanish, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda mahalla hududini obodonlashtirish yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *