Bugun akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi bilan hamkorlikda jamiyatda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Sog‘lom oila – barqaror jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Seminar davomida oilada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ishonch va mas’uliyatni qaror toptirish, farzand tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish, ajrimlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish hamda milliy va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




