Joriy yilning 17 avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” g‘oyasini keng targ‘ib qilgan holda “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Mustaqillikning 35 yillik shukuhi” hamda “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman Shofirkonlik shoiralar “Oqila ayollar” Kengashi, kitobxon onalar, axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Shofirkonlik shoiralar Z.Ochilova, G.Sharopova va S.Valiyevalarning mustaqillik, Vatan, tinchlik haqidagi she’rlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan ZOOM platformasiga ham ishtirok etildi.







