Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir. G. Lixtenberg
Kitob mutolaasi inson tafakkurini kengaytirib, uning dunyoqarashini boyitadi. U insonning tafakkurini charxlaydi, notanish olamlarni kashf qilishga yordam beradi va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham kitob o‘qigan inson doimo bilimdon, zukko va dono bo‘ladi.
Joriy yilning 18-avgust kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKM xodimlari tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan ko’chma kutubxonaga yangi olingan adabiyotlar yetkazib berildi.
AKM mutaxasisi V.Shomatova keltirilgan badiiy adabiyotlar bilan tanishtirib o’tdi va mutolaa uchun tavsiya etdi.






