#Moviy_jamadon_tashrifi_loyihasi
#Moviy_jamadon_tashrifi_loyihasi

#Moviy_jamadon_tashrifi_loyihasi

Kitob inson qalbini ezgulikka chorlaydi, uning dunyoqarashini kengaytiradi va tafakkurini boyitadi. Mutolaa qilgan insonning bilim va ma’naviyati yuksalib, hayotga bo‘lgan qarashi yanada teranlashadi. Shu bois kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholini kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilning 20-avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan #Moviy_jamadon_tashrifi loyihasi doirasida tuman hokimligida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitildi.
AKM mutaxassisi V.Shomatova tomonidan yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi hamda mutolaa uchun tavsiya etildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *