2026-yil 20-avgust kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida ”Yoshlar kuni” bo’lib o’tdi. “Hududiy axborot-kutubxona markazida faoliyat olib borayotgan yoshlarni boshqaruv organlari rahbarlari bilan birgalikda yoshlar uchun “Bir kunlik rahbar” loyihasida ishtirok etishga imkoniyat yaratish” ijrosini ta’minlash maqsadida kutubxona xodimlari bilan fikr almashilgan holda Z.Ahrorova “Bir kunlik rahbar” etib tayinlandi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning ayrimlari yuzasidan tegishli amaliy yechimlar belgilandi.
Tadbir samimiy va qiziqarli ruhda o’tib, ishtirokchilar o’z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.





