Milliy qadriyatlar — xalqimizning ma’naviy boyligi, kitob esa ana shu bebaho merosni avloddan avlodga yetkazuvchi buyuk xazinadir.
Milliyligimiz — bu ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va ma’naviy boyliklarning mujassamidir. Uni asrab-avaylash, yosh avlod qalbiga singdirish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Kitob esa milliy qadriyatlarimizni anglash, tariximizni o‘rganish va ma’naviyatimizni yuksaltirishning eng ishonchli manbalaridan biridir. Kutubxona javonlaridagi har bir kitob xalqimizning kechmishi, buguni va kelajagi haqida so‘zlaydi.
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham milliy qadriyatlarimizni kitoblar orqali keng targ‘ib etish, yoshlarni mutolaaga jalb qilish va ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash yo‘lida kutubxona xodimlari turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.





