“Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” nomli adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi
“Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” nomli adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi

“Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” nomli adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi

Ajdodlar ruhidan kuch olgan yurtim,
Tinchlik va osoyish timsoli, yurtim.
Kelajagi porloq, iqboli buyuk,
Mustaqillik muborak, O‘zbekistonim!

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tadbirlar yurt ozodligi va tinchligining qadrini yosh avlod ongiga yanada chuqur singdirishga xizmat qilmoqda. Zero, istiqlolni asrash avvalo uning qimmatini anglagan, taqdiri va mas’uliyatini yurakdan his etgan avlodni tarbiyalashdan boshlanadi.

Bugun akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida 40-son tuman Madaniyat markazi, faol kitobxonlar va “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi bilan hamkorlikda “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” nomli adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar bir haqiqatni yoshlar qalbiga qayta-qayta muhrlaydi: Vatan — tug‘ilib o‘sgan maskangina emas, uning tinchligi, taraqqiyoti va sha’ni uchun mas’uliyatni his etishdir. Bu tuyg‘u qalbda mustahkam qaror topsa, istiqlolning qadri ham, uni asrash mas’uliyati ham avloddan avlodga ishonch bilan o‘taveradi.

Tadbir davomida yoshlarda Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlash, mustaqillikning qadr-qimmatini anglash hamda yurt tinchligini asrashning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Axborot-kutubxona markazi xodimlari, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar tinglandi.

Tuman Madaniyat bo‘limining “Binafsha” ashula va raqs xalq dastasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bugungi ustuvor vazifa — mustaqillik yillarida shakllangan mustahkam davlatchilik poydevorini zamon talablari asosida takomillashtirib, Uchinchi Renessans g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan barqaror, zamonaviy va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat va jamiyat muhitini shakllantirishdir.

Zero, mustaqillikning haqiqiy qadri 35 yillik taraqqiyot yo‘lida yaratilgan imkoniyatlarni asrab-avaylash, ularni yangi mazmun bilan boyitish va kelajak avlod uchun mustahkam taraqqiyot poydevoriga aylantirish mas’uliyatida namoyon bo‘ladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *