Joriy yilning 10 sentabr kuni Shofirkon tuman AKMda Shukrullo tavalludining 105 yilligiga bag ishlab “Haqiqat va adolat kuychisi” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
Shukrullo o‘zbek adabiyoti tarixida vijdon amri bilan yashagan va ijod qilgan, o‘z xalqining dardini va tarixining eng og‘riqli nuqtalarini she’r va nasrga ko‘chira olgan haqiqiy xalq shoiri sifatida ta’riflanadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Shukrullo Yusupov) o‘z davrining haqiqatgo‘y, adolatparvar va jasoratli adiblaridan biri sifatida zamondoshlari hamda adabiyotshunoslar tomonidan yuksak baholangan. Uning ijodi va shaxsiyati haqida bildirilgan fikrlar ijodkorning nafaqat adabiy mahoratini, balki qatag‘on yillarini boshdan kechirgan matonatli inson bo‘lganini ko‘rsatadi.







