Mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, joriy yilning 14 sentabr kuni Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisilari tomonidan Qalmaqon MFYda yosh onalar ishtirokida “Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur bulog‘i” nomli yangi adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Taqdimotda o’zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, qiziqarli va zamonaviy asarlar o’rin oldi.
Yangi adabiyotlar kitobxonlarga mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi, ularning yoshi, qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, mutolaa uchun tavsiya etildi.
Zero, yangi kitob — yangi fikr, yangi izlanish va yangi imkoniyatlar demakdir!





