Joriy yilning 22-sentabr kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida “Ommaviy madaniyatning milliy ma’naviyatimizga ta’siri ” mavzusida “Ma’rifat soati” o’tkazildi.
Biz asli kimmiz, kimning farzandlarimiz, kimning avlodimiz, ajdodlarimiz qanday buyuk insonlar bo‘lishgan bularning barchasini har bir o‘g‘il-qizlarning ongiga singishi lozim.
Maqsadimiz: yoshlarning ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni foydali mashg‘ulotlarga, ilmiy to‘garaklarga jalb qilish, sport bilan shug‘ullanishi uchun zamin yaratish, yaxshiliklar qilishga o‘rgatishdan iborat.







