✍️Hamid Olimjon.
📚”Semurg‘”, “Oygul va Baxtiyor”
Ushbu kitobdan o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi Hamid Olimjonning xalq og‘zaki ijodi motivlari asosida yaratgan, o‘zbek bolalar adabiyotining durdonalari hisoblangan ikki yirik asari o‘rin olgan:”Semurg‘” ertak-dostonida tinchlik va osoyishtalik ramzi bo‘lgan muqaddas Semurg‘ qushi, uning do‘stlari Parizod va yosh ovchi yigit Buni yovuz kuchlarga qarshi kurashadi. Asar do‘stlik, sadoqat va ezgulikning yovuzlik ustidan qozongan g‘alabasini tarannum etadi.”Oygul va Baxtiyor” dostonida esa ikki yoshning pok muhabbati, qiyinchiliklar, zulm va adolatsizlikka qarshi mardona kurashi hamda xalq baxt-saodati yo‘lidagi jasorati she’riy yo‘sinda mahorat bilan tasvirlangan.Kitob rassom Baranovskiy tomonidan chizilgan rang-barang va jozibali suratlar bilan bezatilgan.Kitob keng kitobxonlar ommasi, ayniqsa, maktab yoshidagi bolalar va o‘zbek adabiyoti ixlosmandlariga mo‘ljallangan

