#Tavsiya_etamiz
#Tavsiya_etamiz

#Tavsiya_etamiz

📖 Qizil va Qora
✍️Stendal

📘Asar roman janrida bo’lib, 1827-yilda yozilgan. U o’zida 1820-yilda Fransiya jamiyatida yuz bergan ijtimoiy hayotni mujassamlashtirgan. Asar ilk bor 1830-yilda nashr etilgan.

📕Stendalning “Qizil va Qora” romani psixologik realizmning (qahramonlarning motivatsiyalari va ichki fikrlariga qaratilganligi) yetuk namunasi sifatida tanilgan.

📙Asarning bosh qahramoni Julyen Sorel taxtdan ag’darilgan Napaleonning tarafdori bo’ladi. Uning Napaleonga sajda qilishini kitobxon asarni o’qish jarayonida qiyinchiliksiz his qiladi.

📗Qariyb 700 sahifadan iborat bo’lgan ushbu asarda Stendal Fransiya hayotini aniq va tushunarli tarzda tasvirlab bergan.

📒Ushbu asarda Fransiya jamiyatidagi “Aristokratik salon”  yoritib berilgan. Agar kitobxon asar boshlanishidagi Julyen bilan asar so’ngidagi Julyenni solishtirsa umr yo’li davomida insonda kuzatiladigan o’zgarishlarga guvoh bo’lishi mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *