“Tariximizning oʻchmas siymolari: Bibixonim, Toʻmaris va Xolbeka (Kuntugʻmish dostoni)” mavzusida davra suhbati

Yosh avlodni ma’naviy tarbiyasini mukammal qilish, ularning qalbida vatanga bo‘lgan muhabbat, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalarining muhim jihatlari: baxshiyona dostonlar, ibratli ertaklar, rivoyatlar, aytishuvlarning o‘rni beqiyosdir.

Xotin-qizlar oʻrtasida milliy maʼnaviyatni yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, sadoqat va aql-zakovat tuygʻularini shakllantirish maqsadida Joriy yilning 14 oktabr kuni Shofirkon tuman AKMda Savrak, Chandir, Qalmaqon, Pashmon MFY faollari bilan hamkorlikda “Tariximizning oʻchmas siymolari: Bibixonim, Toʻmaris va Xolbeka (Kuntugʻmish dostoni)” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Xotin-qizlarni o‘zbek xalqining qahramon ayollari, oqila malikalari va sadoqatli doston qahramonlari hayoti bilan tanishtirishdan maqsad: ularning buyuk fazilatlarini targ‘ib qilishdan iborat.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *