“Eng yaxshi esselar” tanlovi o‘tkazildi
“Eng yaxshi esselar” tanlovi o‘tkazildi

“Eng yaxshi esselar” tanlovi o‘tkazildi

Til-bu xalqning madaniy merosi, milliy o’zligining ajralmas qismi. U bizga ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan eng katta boylikdir
Har bir millatning Vatani kabi yana bir buyuk boyligi bor. Bu ham bo‘lsa uning tili. Til xalqlarni birlashtiradi, tarbiyalaydi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarni saqlaydi, avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlaydi.
Bugun akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda o’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan umumta’lim muassasalarining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Zamonaviy o‘zbek qiyofasi–mening nazdimda” mavzusidagi “Eng yaxshi esselar” tanlovi o‘tkazildi.
Millatning o’zligini, ma’naviy qiyofasini ko’rsatuvchi bebaho boyligimiz-tilni muqaddas bilish, ularda Davlat tiliga hurmat va ehtiromni shakllantirish bilan istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarkib topdirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish har birimizning bosh maqsadimizdir

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *