Ona tili–millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab bugun, 20-oktabr kuni Shofirkon tuman AKMda “Ona tilim – faxrim, g‘ururim” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning ona tilini puxta o‘rganishini ta’minlash, ularda Davlat tiliga hurmat va ehtiromni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarkib topdirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish har birimizning vazifamizga aylanmog’i lozim.





