Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro’shnolik kiritib, ezgu tuyg’ularni uyg’otmoqqa qodir.
Yosh avlodning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida bugun, Shofirkon tuman AKMda “Ming bir xazina”, “Har sahifada ming bir durdona” mavzularida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
Xulosa qilib aytganda, biz buyuk ishlarga qodir yoshlarimizni hayot yo‘llarida hamroh va maslahatgo‘y, bir umrlik sodiq do‘st – kitobga tayanishni oiladan boshlasak, kelajagi buyuk yurtimiz uchun munosib bunyodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazishda o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.





