Kitob — inson tafakkurini o‘stiruvchi, qalbni nurlantiruvchi eng yaqin do‘st hamda asrlar davomida to‘plangan ilm-fan va ma’naviyat mevasidir.
Joriy yilning 27-oktabr kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKM xodimlari tomonidan Shofirkon tuman hokimlida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonadagi mavjud adabiyotlar tahlil qilinib, kitobxonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda yangi va zamonaviy kitoblar bilan boyitildi.
Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi V.Shomatova badiiy adabiyotlar haqida ma’lumot berdi va mutolaa uchun tavsiya etdi.
Yangi kitoblar xodimlarning ish samaradorligini oshirishga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi.






