”Shoir ijodiga bir nazar”nomli kitob-rasmli ko’rgazma
”Shoir ijodiga bir nazar”nomli kitob-rasmli ko’rgazma

”Shoir ijodiga bir nazar”nomli kitob-rasmli ko’rgazma

Mendan nima qolar: ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni o‘ylayman o‘zimdan ko‘proq Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq!
M.Yusuf

Joriy yilning 24-aprel kuni Shofirkon tuman AKMda ”Shoir ijodiga bir nazar”nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi.
Muhammad Yusuf o’z ijodini shunday oltin davr bilan bezaganki, she’rlarini o’qib, inson o’zida yo’q quvonch, shodlik va tasavvur imkoniyatlariga ulkan tasannolar aytadi.
Uning o’zbek she’riyatida tutgan o’rni beqiyos hamda qoldirgan adabiy meroslari hali ko’p yillar takror-takror aytilib, barchaning yodida qolishi aniq. Muhammad Yusufning izdoshlari va muxlislari uning she’rlaridan ilhom olib yashaydi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Ahrorova kitobxonlarni adabiyotlar bilan tanishtirib o’tdi va mutolaa uchun tavsiya berdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *