Aminaxon opam bor edi,
Qalbi toza, beg‘ubor edi.
Endi izlab, topolmasmiz hech
Shirin suxan, beozor edi.
To‘g‘ri yo‘lga, barchani boshlab,
Ketdingiz uy-joyingiz tashlab.
Endi yo‘qsiz, farishtam opam,
Yuragimiz o‘ksiydi, g‘ashlab.
Sizsiz hovli, huvillab qoldi,
Ajal bevaqt, joningiz oldi.
Nevaralar to‘ylarin ko‘rmay,
O‘lim, judolik, soya soldi.
O‘g‘il-qizingiz, qoldi bo‘zlab,
Xotiralab, kuyinib, so‘zlab.
So‘ngi manzil tomon, afsusla,
Kuzatdilar, insonlar yuzlab.
So‘zlaringiz edi, muloyim,
Kulib turardingiz, har doim.
Ruhingiz shod, bo‘lsin opajon,
Jannatdan joy bersin, Xudoyim.
Osmonlarga, uchib yuring shod,
Oxiratingiz, bo‘lsin obod.
Opajonim, sog‘inib sizni,
Dildan eslab, olgaymiz biz yod.
ZULXUMOR OCHILOVA

