9-may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Joriy yilning 8 may kuni Shofirkon tumanida “Xotira bor ekan, tirikdir millat” nomli xotira va ehtirom tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Shofirkon tuman hokimi Mo’min Amonov boshchiligida tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va mas’ullari, mehnat faxriylari, tibbiyot, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, Shofirkon tuman AKM xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik tumandagi Xotira maydoniga yig‘ildi.
Mazkur tadbir yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.










