Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi
Kutubxona bilan tanishish

Kutubxona bilan tanishish

Akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon  tuman axborot-kutubxona markazi

Shofirkon tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli Alisher Navoiy nomidagi markaziy kutubxona binosi 1990-yilda qurilgan va shu nom bilan 2006-yilga qadar faoliyat yuritdi. 2006-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 381-qaroriga asosasn Iqtisodiyot kollejiga qarashli Axborot-resurs markazi nomi bilan faoliyat yuritdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyun dagi PQ-4354 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi Qaroriga asosan 2019-yil Axborot-kutubxona markazi tashkil etildi.

Tuman hokimining 2020-yil 16-martdagi 229-sonli Qaroriga asosan 2020-yil manzilli qurilishlar qasturini shakllantirish maqsadida tuman “Axborot-kutubxona markazi” binosini qayta rekonstruksiya qilishga ruxsat berildi. 2020-yil dekabr oyining 2-yarmidan rekonstruksiya ishlari boshlandi hamda 2021-yil mart oyida rekonstruksiya ishlari yakunlanib, bino foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyot va folklori instituti direktori professor M.N.Mahmudovning 2021-yil 1-fevraldagi 1/54-sonli xatida “Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodi durdonalarini tadqiq va targʻib etishga butun umrini baxshida etgan atoqli folklorshunos, filologiya faniga ulkan hissa qoʻshgan fidoyi olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati akademik Toʻra Mirzayev tavalludining 85 yilligini munosib tarzda oʻtkazish hamda tuman hokimining 2021-yil 10-may F-65-sonli farmoyishiga asosan Buxoro viloyati Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markaziga muhtaram ustozning nomini abadiylashtirish” uchun Toʻra Mirzayev nomi berildi.