Yosh avlodning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ayniqsa, qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 18 iyun kuni Shofirkon tuman AKMda “Bir kitob ming eshikni ochadi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi M.Qodirova kitobxon qizlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirib, mutolaa uchun tavsiya etdi.
Shundan so’ng kitobxon qizlar tomonidan she’rlar va o‘qilgan kitoblar haqidagi taasurotlar tinglandi.






