Tavsiya_etamiz
Tavsiya_etamiz

Tavsiya_etamiz

“Mart binafshalari”
Sara Jio

“Buyuk sevgi vaqtga, yurak og’rig’iga va masofaga bardosh beradi. Va hatto hamma narsa yo’qolgandek tuyulsa ham, haqiqiy sevgi yashaydi”.

Sara Jio “Mart binafshalari” asarida ham o‘quvchini bir vaqtning o‘zida ikki davrga sayohat qildiradi. Muallif o‘tmish va hozirgi hayotni shunaqangi bog‘laydiki, go‘yo vaqt chegaralari yo‘qolgandek tuyuladi. Kitob sahifalarini varaqlarkansiz, o’zingizni go’yo ikki zamonda yashayotgandek his qilasiz.

Asarda o‘tmishda yashiringan sirlar, tugallanmagan tuyg‘ular va uzoq yillar davomida yechilmay kelgan tugunlar hozirgi kun qahramonlari hayoti bilan birlashib ketadi. Aynan mana shu sirlar kitobxonni kitobni qo’ymasdan o’qishga, sirlarni bilishga undaydi.

Shaxsan o’zim ham asarning kulminatsiyasiga tushib olgandan keyin kitobni qo’limdan qo’ymay tuni bilan o’qib tugatdim. Go’yo tezroq o’qimasam kalavaning uchiga yeta olmaydigandek hissiyot uyg’otdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *