“Chitkaronlik yosh kitobxonlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir
“Chitkaronlik yosh kitobxonlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir

“Chitkaronlik yosh kitobxonlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tumandagi Chitkaron mahallasida joylashgan 31-son umumta’lim maktabida “Chitkaronlik yosh kitobxonlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, badiiy chiqishlar, she’rlar va kitobxonlikka oid qiziqarli bellashuvlarda faol ishtirok etdilar. Kitobga mehr qo‘ygan, mutolaa madaniyatini o‘z hayotining ajralmas qismiga aylantirgan yoshlar alohida e’tirof etildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va eng namunali kitobxonlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandi.
Tadbir kelajak avlodning ma’naviy barkamol, bilimdon va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishida muhim omil bo‘lib qoladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *