Shofirkon tuman AKMda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Har payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba yoshlar o’rtasida O’.Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” romani taqdimoti bo’lib o’tdi.
“Odam bo‘lish qiyin” romani o‘zbek adabiyotining ma‘naviy-axloqiy mavzuda yozilgan yorqin namunalaridan biridir. Asar insoniylikni saqlab qolish, hayotiy qiyinchiliklar va to‘g‘ri yo‘lni tanlash kabi masalalarni ko‘taradi.
Asosiy g‘oya:”Olim bo‘lish oson-u, odam bo‘lish qiyin” maqoliga asoslanadi. Inson hayotda nafaqat ilm yoki moddiy boylik orttirishi, balki har qanday vaziyatda ham vijdonli, adolatli va insoniy fazilatlarga ega bo‘lishi muhimligi ta’kidlanadi.
Tashrif davomida talabalar bilim olishga bo‘lgan qiziqishi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.





