“Yangi O‘zbekiston yoshlari-kelajak bunyodkorlari” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma
“Yangi O‘zbekiston yoshlari-kelajak bunyodkorlari” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma

“Yangi O‘zbekiston yoshlari-kelajak bunyodkorlari” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma

Yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham eʼtibor qaratilmoqda.Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar,amalga oshirilayotgan tadbirlar,amaliy ishlar natijasida ertamiz egalari barcha sohalarda ildamlab yuksak muvaffaqiyatga erishmoqda.
Joriy yilning 29 iyun kuni akademik T.Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda 30 iyun-Yoshlar kuniga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekiston yoshlari-kelajak bunyodkorlari” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
AKM mutaxassislari M.Qodirova,G.Mustaqimovalar kitobxonlarni ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar bilan tanishtirib, mutolaa uchun tavsiya etdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *