Bugun Shofirkon tuman AKMda o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, mohir so‘z ustasi, taniqli adib Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlab “Adib qalami – xalq qalbida” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
A.Qahhorning sermazmun ijodi,hayotiy va ta’sirchan asarlari bilan o‘zbek adabiyotiga munosib hissa qo‘shgan. Adib asarlarida inson taqdiri, xalq hayoti, adolat va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan yoritilgan.
Yozuvchining “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar” kabi asarlari, hikoya va qissalari kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan. Uning o‘tkir hayotiy kuzatishlar va xalqona tilga boy ijodi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Mazkur ko‘rgazmada adibning hayoti va ijodiga oid kitoblari, asarlari, adabiy-tadqiqot materiallari o‘rin olgan.





