“El sevgan adib” nomli kitob -rasmli ko’rgazma
“El sevgan adib” nomli kitob -rasmli ko’rgazma

“El sevgan adib” nomli kitob -rasmli ko’rgazma

Omon Muxtor faqat adabiyot deya qayg’urib, faqat adabiyotga xizmat qilgan adiblarimizdan. U faqat adabiyotga umrni baxshida etmoq mumkin degan fidoyi bir e’tiqodda yashadi.
Adib ijodiy kashfiyotlar chegarasini muttasil kengaytirishga intildi va bu borada yutuqlarga ham erishdi. Natijada o’zbek adabiyotida o’z o’rni, o’z mavqeiga ega – kitobxon boshqalardan farqlay oladigan adibga aylandi.
Omon Muxtor tavalludining 85 yilligi munosabati bilan bugun, 17 iyul kuni Shofirkon tuman AKMda “El sevgan adib” nomli kitob -rasmli ko’rgazma tashkil etildi.
AKM mutaxassislari kitobxonlarga kitob ko’rgazmasidan o’rin olgan adibning eng sara asarlarini tanishtirib, mutolaa uchun tavsiya etdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *