Joriy yilning 14 aprel kuni AKMda aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2026-yil 13-17-aprel kunlari VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, shoir Mirmuhsin Mirsaidov) tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab “Ijodi ham, hayoti ham ibrat” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston xalq yozuvchisi, tarjimon Mirmuhsin ijodi o‘zbek xalqi madaniyati xazinasiga qo’shilgan bebaho boylik, o’zbek adabiyotining iftixori, asarlarini million-million kitobxonlar sevib o’qishadii. Mirmuhsinning asarlari faqat o’zbek adabiyoti taraqiyotiga emas balki jahon adabiyotlari ichida ham o’z o’rniga ega.


Tadbirda 3-4-23-24-27-35-37-47-50 umumta’lim maktabлари, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar, axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etdilar.


Tadbir ishtirokchilariga Mirmuhsinning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. “Me’mor” nomli tarixiy romani hamda “Xo‘jand qal’asi” (Temur Malik) romani bilan tanishtirib o‘tildi.


Tadbirdan maqsad, kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularga milliy va jahon adabiyotini tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
