Kitobxon ona-oila ma’naviyatining ko‘zgusi
Kitobxon ona-oila ma’naviyatining ko‘zgusi

Kitobxon ona-oila ma’naviyatining ko‘zgusi

Kitobxon ona – bu oila va jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirishga, onalarning ma’naviy saviyasini yuksaltirishga, farzand tarbiyasida kitobning o‘rnini kuchaytirishga qaratilgan tanlov va ma’rifiy harakatdir.
“Kitob – sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.
Har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxon onalar sonini ko‘paytirish, yosh avlod tarbiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bugun Shofirkon tuman AKMda “Kitobxon onalar” kunida “Kitobxon ona-oila ma’naviyatining ko‘zgusi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kitobxonlikning oiladagi o‘rni, mutolaaning inson kamolotidagi ahamiyati haqida fikr yuritildi, ishtirokchilarga tavsiya etiladigan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *