“Kitobxonlik haftaligi” ning ochilish marosimi hamda “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi” nomli adabiy-badiiy kecha

Joriy yilning 13 aprel kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2026-yil 13-17-aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan “Kitobxonlik haftaligi” ning ochilish marosimi hamda “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi, Qalmaqon MFY, “Nuroniylar” jamg‘armasi Shofirkon tuman bo‘limi, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy intellektual salohiyati, ongu-tafakkurini va dunyoqarashini kengaytirish, tizimda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitob mutolaasiga mehrni oshirish va ajdodlarimiz tomonidan bizlarga qoldirilgan ulkan badiiy merosni avaylab asrashimiz bo‘yicha tushunchalar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *