Kutubxona bo‘ylab sayohat
Kutubxona bo‘ylab sayohat

Kutubxona bo‘ylab sayohat

“Kitob-bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.

Joriy yilning 14-aprel kuni Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, respublika miqiyosida 2026-yil 13-17 aprel “Kitobxonlik haftaligi” doirasida faol kitobxon o‘quvchilar ishtirokida kutubxona bo‘ylab sayohati tashkil etildi.

Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Muqimova o‘quvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, nodir va noyob adabiyotlar muzeyi bilan tanishtirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *