Akademik To’ra Mirzaev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi “She’r va shuur” rukni ostida ijtimoiy tarmoqlarimizda shofirkonlik ijodkorlarning she’rlarini berib borishni yo’lga qo’ygan edik.
Bugun she’riyat ixlosmandlariga tanish bo’lgan Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʻzosi, Buxoro viloyati Shofirkon tuman Savrak MFY Savrak ko’chasida yashovchi shoir Omon Abdullaning ijod namunalaridan bahramand bo’lasizlar.
Shofirkonlik taniqli shoir, ustoz Omon Abdullaning bir turkum she’rlari viloyatimizning bosh nashri – “Buxoronoma”ning shu yil 15 maydagi sonida chop etildi. Biz ushbu she’rlarni sizga ilindik, aziz shofirkonlik ziyolilar.

