Bu dunyoda oddiy duradgorning ham,
Temirchi, tikuvchi,chorvadorning ham,
Kulolsoz, naqqoshdek kasbu korning ham,
El ichida o‘zin e’zozi bordir,
Boshini silagan ustozi bordir.
…Olamni titratgan sohibqiron zot,
Chorlagan ustozin o‘z saroyiga.
Nasihat aylagan shogirdlariga:
” Jasadim qo‘yinglar ustoz poyiga!”
Ko‘hna Samarqandda “Go‘ri amir”da,
Ustozin poyida yotibdi amir.
Muallim duosi baxtga yetkazgay,
Ustozning duosi yo‘llaringda nur!
Navoiy hazratga ustozdir Jomiy,
She’riyat ahliga ustoz Navoiy.
Bizga harf o‘rgatgan, savod o‘rgatgan,
Zotlarning barisi-asl, fidoiy.
Muallim qalbida nur bor, mehr bor,
Yoritgay zulmatni shamdek ziyosi.
Ko‘ngilni charog‘on etgan zotlarning,
Obod bo‘lg‘usidir ikki dunyosi!
BOBOQUL USMON

