She’r shoir qalbida tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni ifoda qiladi va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi yonmasa, boshqalarni yondirolmaydi, qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday she’riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo‘q.
E.Vohidov
Akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi “She’r va shuur” rukni ostida ijtimoiy tarmoqlarimizda shofirkonlik ijodkorlarning she’rlarini berib borishni yo’lga qo’ygan edik.
Bugun she’riyat ixlosmandlariga Shofirkon tuman 29-umumta’lim maktab o’quvchisi Mehribon Isomovaning ijod namunalaridan havola etamaiz.