Mahalla xotin-qizlari qo’llab-quvvatlanmoqda
Mahalla xotin-qizlari qo’llab-quvvatlanmoqda

Mahalla xotin-qizlari qo’llab-quvvatlanmoqda

Shofirkon tuman mahalla xotin-qizlairni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish, huquqiy va psixologik savodxonligini oshirishga qaratilgan “Oila va xotin-qizlar maskani” o‘z faoliyatini boshladi.
2026-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 6 ming nafar xotin-qiz bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yib, ularning ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rgatish, huquqiy, psixologik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Loyihaning bosh g‘oyasi — “Har bir ayol jamiyatning tayanchi. Uni qo‘llab-quvvatlash orqali butun millat kuchli bo‘ladi” tamoyiliga asoslanadi. Loyihaning shiori esa: “Quvvat – mening qo‘limda! Men baxtli ayolman!”
Mazkur maskan faoliyati xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *