Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi.
Ular xalqning tarixi, urf-odati va ezgu orzularini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.
Milliy qadriyatlarimiz — bu xalqimizning ma’naviy ustuni, o‘zligimizni ifodalovchi bebaho merosdir. Milliy kiyimlarimiz esa shu qadriyatlarning ko‘rinishdagi timsoli, tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtiruvchi go‘zal san’atdir. Har bir atlas, har bir do‘ppi yurakdagi faxrni uyg‘otadi, milliy ruhni yuksaltiradi.
Milliylik – bu bizning ildizimiz, o‘zligimiz, iftixorimiz. Har bir harakatimizda, har bir so‘zimizda, libosimizda, qadamingizda – ajdodlar ruhi barq uradi.
Milliylik – bu bizning eng katta boyligimiz. Uni asrash – har birimizning burchimizdir.
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda namunali ish olib bormoqda.





