Milliylik– bir millatga mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini ta’minlovchi buyuk qudratdir.
Milliylik – bizning yuragimizda yashaydi.
Milliylik – bu nafaqat kiyim-kechak, balki qadriyat, urf-odat, madaniyat va g‘ururdir!
Milliy qadriyatlar – bizning o‘zligimiz! U yuragimizda, kundalik hayotimizda, bizning har bir qadamimizda yashaydi. Ularni asraylik va targ‘ib qilaylik!
Milliy va zamonaviy uslublarning uyg‘unligi, betakror rang va naqshlar orqali ifodalangan har bir obraz xalqimizning boy madaniy merosi, estetik qarashlari va an’analariga bo‘lgan yuksak hurmatni aks ettirdi.
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda namunali ish olib bormoqda.







