Milliy qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. M.Boltayev
Milliylik – inson qalbining, dilining tubida yotadigan muhabbat, tuyg‘u va faxr hissidir. U inson o‘zini muayyan bir millatga mansub deb bilishi, uning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlari bilan yashashi orqali namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, milliy bayramlar, urf-odatlar va marosimlar yoshlarning ongida qalbida milliy birlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tuyg‘ularini shakllantiradi.
Milliy qadriyatlarga sodiq bo‘lgan inson o‘z xalqining munosib vakili bo‘lib yetishadi. Shu bois, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, rivojlantirish har birimizning muqaddas burchimizdir.





