“O’lkamiz yozuvchilari asarlari milliy ma’naviyatimizni, xalqimizning tarixi va mentalitetini aks ettiruvchi bebaho boylikdir.”
Shofirkon – ozod va mustaqil O‘zbekistonimizning so‘lim va betakror go‘shasi. Shunda kindik qoni to‘kilganlarning qalb mulki, iymoni va saodatiga aylangan muqaddas Vatani. Vatan ular uchun shu zamindan boshlanadi, shu zamin ularga Vatan ichra Vatandir.
Joriy yilning 8 iyun kuni Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida shofirkonlik shoir, yozuvchi va akademiklar qalamiga mansub she’riy kitoblar, tarixiy asarlardan o’rin olgan “O’lkamiz qalamkashlari kitobxonlar nigohida” nomli kitob-rasmli ko’rgazmasi yangi adabiyotlar bilan boyitildi.
Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi N. Muqimova faol kitobxonlarga o’lkamiz tarixi, yozuvchilari hayot yo‘li, serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan adabiyotlar bilan tanishtirib o‘tdi va mutolaa uchun tavsiya etdi.





