“Onajonim, Shofirkon!” kitobi taqdimoti
“Onajonim, Shofirkon!” kitobi taqdimoti

“Onajonim, Shofirkon!” kitobi taqdimoti

Bugun, 5 may kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida Shofirkon go‘shasida yashab, badiiy ijodga muhabbat qo‘yib kelayotgan yigirma nafardan ziyod shoir va yozuvchi asarlaridan iborat “Onajonim, Shofirkon!” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda shofirkonlik shoir, shoiralar, yozuvchi va tarixchilar, 40-son tuman Madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissori O‘.Boltayev, Qalmaqon MFY “Buvijonlar maktabi” rahbari H.Ashurova, faol kitobxonlar, axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi.
Kitob taqdimotni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Omon Abdulla ochib berdi va tadbirni olib borish uchun so‘zni shofirkonlik shoir Karim Zulfiqorga berdi.
Akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKM direktori H.Tohirov tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, kutubxonada kitob taqdimotlarini tez-tez o‘tkazilishi juda ham quvonarli ekanligi, qolaversa, ijodkorlar, taniqli yozuvchilar bilan qizg‘in suhbatlar o‘zgacha zavq berishi bilan bir qatorda mas‘uliyat ham yuklashini ta’kidladi.
AKM xizmat rahbari S.Shirinova so‘zga chiqib, mazkur to‘plamdan Shofirkon go‘shasida yashab, badiiy ijodga muhabbat qo‘yib kelayotgan yigirma nafardan ziyod shoir va yozuvchi asarlaridan namunalar joy olganligi haqida so’zlab, shofirkonlik shoir va yozuvchilar ijodlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shofirkonning elga manzur ijodkorlaridan O.Abdulla, I.Rajab, K.Zulfiqor, A.Temirov, M.G‘afur, Yu.Odil, H.Kamol, S.Valiyeva, Z.Ochilova, A.Namozova, M.Narziyeva, G.Sharopova, R.Bekmurod, S.Ashurova, H.Rustamovalar so‘zga chiqib, kitob haqida fikrlarini bildirib, o‘z ijodlaridan namunalar keltirdilar.
Chiroyli, ravon she’rga shu zahotiyoq ustoz xonanda O‘ktam Boltayev kuy bastalab, go‘zal ijro bilan tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Yosh qalamkashlar o‘zlarining ijod namunalari she’rlarining yaratilishi bilan o‘rtoqlashdi hamda ustozlardan maslahatlar oldilar.
Tadbir so‘ngida shoira S.Valiyeva tomonidan “Onajonim, Shofirkon!” kitobi axborot-kutubxona markaziga sovg‘a qilindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *