Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, o‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim… Muhammad Yusuf
Bugun akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda aholi, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tuman MMTB hamda faol kitobxonlar bilan hamkorlikda 2026-yil 13-17-aprel kunlari VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli farzandi Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Qalamidan oltin, dur to‘kilgan shoir” nomli she’rxonlik kechasi o’tkazildi.


“Muhammad Yusuf o‘zbek xalqining sevimli shoirlaridan biridir. U qisqa umr ko‘rsa-da, o`z asarlari bilan kitobxonlar qalbida iz qoldira olgan xalqning sevimli va erka shoiridir.
O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli farzandi Muhammad Yusufning she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib tinglamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil she’rlarida kattayu kichik o‘z dardu tashvishi, quvonchu shodligini his etadi, shuning uchun ham har bir satrini yuragiga jo qiladi. Shoir ishq-muhabbatni alqagan nazmi bilangina emas, ona-Vatanga cheksiz sadoqatini izhor etgan, istiqlolni va xalqni ulug‘lagan she’rlari bilan ham yoshlarning sevimli shoiriga aylandi.

Muhammad Yusuf tom ma’nodagi xalq shoiri. U xalqning yuragidagi dardlarini yaxshi his eta olgan. Shu sababdan ham uning she’rlari mehnatkash xalqi kabi sodda, samimiy va kitobxon ko‘ngliga yaqin va tilga tez o`rnab qoladi.
Tadbirda tuman umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan Muhammad Yusufning “Onajonim”, “Vatanim”, “Lolaqizg’aldoq” she’rlari hamda raqs va qo‘shiqlar ijro etildi.


Tadbir davomida o‘quvchilarni kitobxonlikka chorlash va badiiy adabiyotga qiziqtirish maqsadida tadbir ishtirokchilari tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.


Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan tadbir ishtirokchiari akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKM tomonidan faxriy yo‘rliq bilan taqdirlandilar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hamma inson ham vatan, ona deya kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan, xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo‘la oladi! M. Yusuf bunga yorqin timsol bo‘la oladi. Shoir she’rlari orqali odamlarning unitayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi. Uning she’rlaridagi oddiy obrazlari, ayni paytda munis va qadrdon, tub mohiyati ya’ni ular timsolida shu ona vatan, muqaddas tuproq, shu vatanning azizligi, mo‘tabarligi aks ettirilgan