Joriy yilning 17 aprel kuni Shofirkon tuman AKMida aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2026-yil 13-17-aprel kunlari VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “She’riyat- shoirning yuragi” nomli O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, shoir Omon Abdulla bilan uchrashuv bo‘lib otdi


Tadbirda tuman MMTBga qarashli 1,2,7,14,16,20,22,45,48,49,51,55-umumta’lim maktablari, faol kitobxonlar, axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi.

Shoirlar tinch va ochiq havoda, tabiat qoʻynida va yolg‘iz ijod qilishni yoqtirishadi. Ular har qanday narsadan ilhomlanib, kutilmaganda sheʼr yozishga moyildirlar. Mana shunday shoirlardan biri Omon Abdulladir.

Tadbir davomida “O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Omon Abdulla o‘zining yangi yozgan she’rlaridan o`qib berdilar.

BuxDU talabasi Z. Aminova shoir Omon Abdullaning hayoti va she’riyat olamiga kirib kelishi haqidagi “Shoirning hayot yo‘li” nomli ma’ruzasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.
Tadbirni o’tkazishdan maqsad: kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish orqali keksa avlodga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Omon Abdullaning ijod va umr yo‘llari chizgilarini va badiiy ijod mahsullarini o‘rganishdan iborat.
Tadbirda umumta’lim maktab o‘quvchilari shoir Omon Abdulla qalamiga mansub she’rlardan yod aytib berdilar va raqsga tushib tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.
Tadbir davomida 14-45-umumta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan o‘qigan badiiy asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda shofirkonlik shoir Omon Abdulla tomonidan ona vatan, mo`tabar onalar, kitob va kitobxonlik haqidagi aytilgan she’rlari tadbir ishtirokchilariga katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchiar akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faol ishtiroklari uchun faxriy yo‘rliq bilan taqdirlandilar.


Tadbir ishtirokchilariga Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.