“She’riyatga oshno ko‘ngillar” nomli she’rxonlik kechasi
“She’riyatga oshno ko‘ngillar” nomli she’rxonlik kechasi

“She’riyatga oshno ko‘ngillar” nomli she’rxonlik kechasi

Joriy yilning 14-aprel kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, respublika miqyosida 2026-yil 13-17-aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan tuman xalq ta’limi bo`limi, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar bilan hamkorlikda “She’riyatga oshno ko‘ngillar” nomli she’rxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-4-23-24-27-35-37-47-50 umumta’lim maktabi o‘quvchilari “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar,axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Umumta’lim maktablari, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar tomonidan yod aytilgan she’rlar, kuylangan qo`shiqlar, ijro etilgan raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir davomida bu maskanni yanada obod qilish, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish, o‘zbekistonlik mashhur adiblar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularni bu dargohga muntazam ravishda jalb etish haqida so‘z bordi.

Bu kabi she’rxonlik kechalari o‘tkazish, yoshlarning bunday uchrashuvlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida Axborot-bibliografiya xizmati rahbari I.Bahronova “Kitob – hayot sabog‘i” nomli yangi adabiyotlar sharhi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati rahbari S.Shirinova Axborot-kutubxona markazi veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Youtube, Instagram, Twitter, Telegram) AKM faoliyatiga oid yangiliklarni keng yoritish, ma’naviy-ma’rifiy reja hamda boshqa tadbirlar asosida ma’lumotlarni yoritib borish, kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib borish haqida oz fikrlarini bildirib otdi

Samimiy va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan she’riyat kechasi qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *